Asteraceae
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

Pseudoclausia 
Liliaceae 
Liliaceae 
Melanthiaceae 
Orchidaceae 
Paeoniaceae 
Dipsacaceae 
Cyperaceae 
Caryophyllaceae 
Caprifoliaceae 
Fumariaceae 
Asteraceae 
Asteraceae 
Home>O`simliklar>Asteraceae

 

Qoqidoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi

Asteraceae (Compositae)

 

 

37.

Yirik no`xat

Cicergrande (M.Pop.) Korotk.

 

Kamyoblik darajasi 2. Pomir-Oloydagi kamyob, endem tur.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 20-45 sm orasidagi poyasi salgina buralgan, bezchali tuklar bilan qoplangan ko`p yillik o`t. Bargining uzunligi 4-7 sm, barg bandining uchi oddiy yoki 3-5 jingalakli. Bargchalari 4-7 juft, oval-ellips shaklida, uzunligi 10-25 mm, eni 6-12 mm, har ikki tomoni kalta, bezchali tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasining uzunligi 2,5-3,5 sm, gulbandi 4-6 mm uzunlikda. Kosachasining uzunligi 10 mm, tugunchasi tuklar bilan qoplangan. May oyida gullab, iyun oyida mevalaydi.

Tarqalishi. Pomir-Oloyda: Nurota va Ko`hitang tizmalarida tarqalgan (Samarqand va Surxondaryo viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larning o`rta qismlarida toshli va mayda zarra tuproqli yonbag`irlarda o`sadi.

Soni. Yakka-yakka holda uchraydi, ba'zan uncha katta bo`lmagan to`plar hosil qiladi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqilmagan.

 

 

38.

Omonqo`ton tangao`ti

Hedysarum amancutanicum B.Fedtsch.

 

Kamyoblik darajasi . Bu o`simlik yo`qolib ketgan bo`lishi mumkin. Zarafshon tizmasidan bir marta terilgan.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 70-35 sm ga yetadigan ko`p yillik o`t. Bargi murakkab, bargchalari 3-5 juft, ovalsimon. Gulpoyasi ingichka, uzunligi 20-22 sm. Gullari 25-40 tagacha, och pushti rangli, bandsiz. Dukkagi noma'lum. May oyida gullaydi.

Tarqalishi. Zarafshon tog`ining Taxtaqoracha dovonida uchraydi (Samarqand viloyati).

O`sish sharoiti. Dengiz sathidan 1500 m balandlikdagi dovonda o`sgan.

Soni. Taxtaqoracha davonidan 1913 yili yig`ilgan yagona nusxasi bo`yicha maxsus tur birinchi bor tavsif etilgan. Ayni vaqtda bu nusxa RFA Botanika institutining gerbariysida saqlanadi (Sankt -Peterburg). So`ngi yillarda bu turni topish uchun uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasiz tugadi.

Ko`payishi. Ma'lum emas.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan.

O`simlikni tabiatdan qidirib topish ishlarini davom ettirish lozim.

 

 

39.

Qoratog` chalovi

Stipa karataviensis Roshev.

 

Kamyoblik darajasi 3. Nurota va Oqtog` tizmasidagi areali qisqarib borayotgan kamyob, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 20-30 sm ga yetadigan zich poyali, chim hosil qilib o`suvchi ko`p yillik o`t. Barglari ingichka, qalami, chetlari ichkarisiga bukilgan, dag`al tukli, yuqori qismi bir oz kengaygan, to`p gulni qamrab turadi. To`pguli ingichka, kam boshoqchali. Qiltanog`i 8-9 sm uzunlikda, bir marta tirsaksimon bukilgan, pastki qismi tuksiz, tirsakdan yuqorisi patsimon tukli, patlarining tuklari 5-7 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullab, meva beradi.

Tarqalishi. Nurota va Oqtog` tizmalarida o`sadi (Samarqand va Jizzax viloyatlari). Qozog`istonda ham uchraydi.

O`sish sharoiti. Tog`larning o`rta va pastki qismlaridagi toshli, soz tuproqli va ohak toshli yonbag`irlarda o`sadi.

Soni. Kam tarqalgan, kichik-kichik to`plar hosil qiladi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Sanoat korxonalari va boshqa qurilishlar olib borilishi hamda chorva mollarining ko`plab boqilishi tufayli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Nurota qo`riqxonasida muhofaza qilinadi. Tabiatda o`sib turgan maydonlari nazorat ostiga olinishi lozim.

 

 

40.

Zarafshon oksitropisi

Oxytropis seravschanica Gontsch.

 

Kamyoblik darajasi 2. Zarafshon va Turkiston tizmalaridagi kamyob, endem tur.

Qisqacha tavsifi. Deyarli poyasiz, chachok, chim hosil qiluvchi. Poyasi 1-3 sm uzunlikda, tarvaqaylagan qattiq tuklar bilan qoplangan ko`p yillik o`t. Barglari 3-6 sm uzunlikda; bargchalari 7-12 juft, ellipssimon yoki nashtarsimon, uzunligi 5-10 mm, uchi to`mtokroq, har ikkala tomoni yarim xurpaygan qattiqtukli. Shingili qisqa, yoyiqroq, keng nashtarsimon, uzunligi 2-3 sm, 10-15 gulli. Gultoji to`q-pushti rang. Tuguncha bandining uzunligi 2 mm, tukli. Dukkagi yumaloq, 3 mm uzunlikdagi bandda o`rnashgan, 15-20 mm uzunlikda, sirti qizil dog`li, qalin tarvaqaylagan oqtukli, bir uyali, kam urug`li. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust-sentabrda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Turkiston (Guralash, Kulsoy, Gushkartog`) va Zarafshon tizmalarida tarqalgan (Samarqand va Jizzax viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larda dengiz sathidan 2700m balandlikda, toshli, shag`alli va mayda jins tuproqli yonbag`irlarda, ba'zan kumli joylarda o`sadi.

Soni. Kam uchraydi, asosan 4 joyda ma'lum.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Madaniylashtirilmagan.

Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.

 

 

41.

Korolkov za'faroni

Crocus korolkovfi Maw et Regel

 

Kamyoblik darajasi 2. G`arbiy Tanshan va Pomir-Oloydagi areali ajralgan va kamayib borayotgan endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Ko`p yillik, tuganak piyozli o`t. Tuganak piyozi yumaloq diametri 5 sm gacha, yuqori va pastki tomonidan siqilgan, tolali malla qobiq bilan o`ralgan. Barglari 6-18 ta, ingichka qalami, yashil, oqchiziqli, uzunligi 18 sm. Gullari kosachasimon. Sariq yoki to`q-sariq rangli. Changchilari to`q-sariq changdoni sariq rangli. Fevral-mart oylarida gullab, may iyulda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Zarafshon, Turkiston, Hisor va Oloy tizmalarida tarqalgan (Farg`ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari). Tojikiston va Qozog`istonda ham o`sadi.

O`sish sharoiti. Tog` yonbag`irlaridagi chimli mayda zarra tuproqlarda, soz tuproqda va tog` etaklaridagi ochilib qolgan ola jinslarda o`sadi.

Soni. Tabiatda yakka-yakka yoki to`p-to`p bo`lib o`sadi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Gullari va tuganak piyozlarining yig`ib olinishi, urug`idan yaxshi unib chiqmasligi oqibatida kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. 1956 yildan boshlab O`zbekiston Reslublikasi FA Botanika bog`ida o`stirilmoqda. Almati va Ashxobod Botanika bog`larida ham o`stiriladi.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Tabiatda o`sib turgan tuplarini nazorat ostiga olish lozim.

 

 

42.

Antiqa yunon

Juno magnifica (Vved.) Vved.

 

Kamyoblik darajasi 1. Zarafshon tizmasidagi juda kamyob, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 25-40 sm ga yetadigan ko`p yillik, piyozli o`t. Ildizi yo`g`on, urchuqsimon, piyozi yaxshi rivojlangan. Poyasi yo`g`on, barglari bir-biridan ma'lum oraliqda o`rnashgan. Barglari o`roqsimon, och-yashil rangli, yaltiroq, pastki qismidagi barglarining eni 3,5-5 sm. Gullari 3-7 ta. Gulqo`rg`on nayining uzunligi 4,5-5 sm, yashil-binafsha rangli, ichki gulqo`rg`on bargchalari och-binafsha rangli, uzunligi 22-27 mm. Changdonlari oqish urug`i yirik g`adir-budur, yaltiroq. Aprel-may oylari gullab, iyunda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Samarqand tog`lari (Omonqo`ton dovoni)da tarqalgan (Samarqand viloyati).

O`sish sharoiti. Tog`larning pastki qismidagi mayin zarra tuproqli yerlarda va qoyalarning yoriqlarida o`sadi.

Soni. Kichik-kichik to`plar hosil qilib o`sadi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealiniig o`zgarish sabablari. Gullari va piyozlarini yig`ib olinishi sababli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. O`zbekiston Respublikasi FA botanika bog`ida o`stiriladi. U gullab, urug` bermoqda.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Bu tur ma'lum yerlarda tarqalgan, tabiatda o`sib turgan joylarini nazorat ostiga olish lozim. Omonqo`ton dovoni atrofida muhofaza uchun yer ajratish hamda Botanika bog`larida ekib o`stirish kerak.

 

 

43.

Sumbul kovrak

Ferula sumbul (Kauffm.) Hook. fil.

 

Kamyoblik darajasi 2. Pomir-Oloydagi kamyob, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 60 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`t. Poyalari 2-5 ta, ingichka, yuqori qismidan shoxlanuvchan. Barglari qattiq, ildiz bo`g`izida o`rnashgan. Yaprog`i uch karra patsimon qirqsimon yoki cho`ziq. Gullari sariqasi mayda, uzunligi 7 mm, eni 4 mm. Iyun oyida gullab, iyulda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Nurota, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarida tarqalgan (Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari). Tojikistonda ham uchraydi.

O`sish sharoiti. Tog`larning o`rta qismidagi toshli yonbag`irlarda, butazorlarda o`sadi.

Soni. Nihoyatda kamyob, to`p-to`p bo`lib uchraydi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Mahalliy aholi tomonidan dorivor hamda upa-elik xomashyosi sifatida uzluksiz ravishda yig`ib olinishi uning kamayishiga sabab bo`lmoqda.

Madaniylashtirilishi. Toshkent Davlat Universitetining Botanika bog`da bundan bir necha yillar oldin o`stirilgan.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Madaniylashtirish uchun bu turning biologik xususiyatlarini o`rganish, yangi o`sib turgan yerlarini qidirib topish hamda nazoratxonalar tashkil qilish lozim.

 

 

44.

Shashirsimon pufakbo`g`im

Komarovia anisosperma Korov.

 

Kamyoblik darajasi 2. Zarafshon tizmasining tarmoqlarida tarqalgan kamyob, relikt o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 2-3 m gacha yetadigan, yo`g`onlashgan ildiztuganakli, ko` yillik o`t. Poyasi ingichka, bo`g`imlari bir oz pufaksimon shishgan, yuqori qismidan shoxlangan. Yopirma barglarining uzunligi 70 sm ga yetadi, ko`p marta patsimon bo`laklarga ajralgan. Yaproqning uchidagi bo`laklari nashtarsimon, uzunligi 4-5 sm, eni 10 mm gacha. Soyabonlari 2-7 nurli, soyabonchalari yumaloq, o`rama barg va bargchalari yo`q. Tojbarglari sariq uzunligi 10 mm. Iyun-iyul oylarida gullab, avgust-sentabrda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Zarafshon tizmasining G`arbiy tarmoqlarida shimoliy yonbag`irlarda va uniig davomi Qoratepa tizmasida tarqalgan (Samarqand viloyati).

O`sish sharoiti. Dengiz sathidan 1300-1700 m balandlikda, daralarda, shag`alli tik yonbag`irlarda, surilmalarda, qoyalarning yoriqlarida o`sadi.

Soni. Faqat beshta joydan ma'lum. To`plari (10-100 to`pdan bo`lib) bir-biridan ajralgan holda tarqalgan.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. O`simlikning sernam joylarga qatyiy moslashganligi va aholi zich joylashgan hamda qishloq xo`jaligi uchun foydalaniladigan yerlarda o`sganligi o`simlik sonining kamayishiga olib kelgan.

Madaniylashtirilishi. Moskva Davlat universitetining Botanika bog`ida o`stiriladi.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Bu turni botanika bog`laridao`tirib ko`rish lozim.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005